Dunyoning eng boy odamlaridan biri, Microsoft asoschisi Bill Geytsning katta qizi Jennifer Katarina Geyts misrlik sportchi Nail Nassarga turmushga chiqishga rozi bo‘ldi.
Bu haqda 23 yoshli qizning o‘zi Instagram’dagi akkauntida ma’lum qildi. U sahifasiga bu voqeaning suratini joylagan. Suratda Jennifer Katarina Nassar bilan birga qorda o‘tirganini, qizning qo‘lida esa unga tuhfa qilingan nikoh uzugini ko‘rish mumkin.
Qiz suratga izohda turmushga chiqish taklifiga javobi “Million marta “Ha” bo‘lishini yozgan.
Djennifer Geyts Stenford universitetida tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oladi. Uning bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘i – 28 yoshli Nail Nassar konkur sporti bo‘yicha taniqli sportchi bo‘lib, Kuvaytda ulg‘aygan. U ham Stenfordda tahsil olgan.
Ta’kidlash joiz, hozirda Bill Geyts 110,6 milliard dollar bilan dunyoning eng boy odamlari orasida 3-o‘rinni egallamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi