23:40 / 01.02.2020
3 378

Arab davlatlari Trampning «asr kelishuvi»ni rad etdi

Arab davlatlari Trampning «asr kelishuvi»ni rad etdi
Arab davlatlari ligasi kengashi (arxiv)
Arab davlatlari ligasi (ADL) Falastinni qo‘llab-quvvatladi va Falastin-Isroil mojarosini hal qilish bo‘yicha AQSH prezidenti Donald Tramp taklif qilgan "asr kelishuvi"ni rad etdi.

Bu haqda arab davlatlari tashqi ishlar vazirlarining shoshilinch yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

"Arab davlatlari vazirlarining Qohirada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida qabul qilingan qaror Trampning rejasi rad etilishini tasdiqlaydi", - dedi Falastin tashqi ishlar vaziri Riyod al-Malikiy. Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, vazirlar "jahon hamjamiyatini bu adolatsiz rejaga rozi bo‘lmaslikka chaqirgan".

"Biz Islom hamkorlik tashkiloti, Afrika ittifoqi va Qo‘shilmaslik harakatining qo‘llab-quvvatloviga erishamiz", - deb qo‘shib qo‘ydi u.
ADL bosh kotibi Ahmad Abu al-G‘aytning aytishicha, "qaror barcha arab davlatlari tomonidan qabul qilingan va "asr kelishuvi" rad etiladi".

Yakuniy bayonot matnida ushbu reja "Amerika-Isroil" rejasi deb atalgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Arab davlatlari Trampning «asr kelishuvi»ni rad etdi