07:01 / 02.02.2020
2 875

«Amazon» kompaniyasi qiymati trillion dollardan oshdi

«Amazon» kompaniyasi qiymati trillion dollardan oshdi
2019 yilning to‘rtinchi choragi uchun moliyaviy hisoboti chiqqanidan so‘ng, 31 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan savdolarda «Amazon» kompaniyasi jami aksiyalari qiymati bir trillion dollardan oshdi, deb xabar berdi «Bloomberg».

Kompaniya aksiyalari qiymati bir kunda 9,9 foizga oshdi — bu global bozorda 2017 yil oktabridan beri kuzatilgan eng katta bir kunlik o‘sishdir. Ekspertlar kompaniya aksiyalari o‘sishini aynan oxirgi chorakning muvaffaqiyatli yakunlagani bilan bog‘lashmoqda.

Xabarga ko‘ra, «Amazon» sof foyda ko‘rsatkichi o‘tgan yilning oxirgi uch oyida 3,3 mlrd. dollargacha o‘sgan, jami daromadi esa 87,4 mlrd. dollarga yetgan.
Ilgariroq kompaniya asoschisi va rahbari Jeff Bezos 15 daqiqada 13 milliard dollarga boyigani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun: 2019 yilda dunyodagi eng badavlat 500 insonning jami boyligi 5,9 trln. dollarni tashkil etgan, ya’ni «besh yuzlik» 2018 yildagiga qaraganda 25 foizga yoki 1,2 trln. dollarga boyigan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Amazon» kompaniyasi qiymati trillion dollardan oshdi