
Pekin aeroportida uch nafar o‘zbekistonlik talaba qolib ketgani xabar qilindi.
«Hozir menga Xitoydan talabalar chiqishdi. Ular 3 kishi. Xabar berishlaricha Pekin-Stambul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha samolyotga bilet olishgan, ammo reys qoldirilgan va talabalarga pullari ham qaytarib berilmagan. Xozir 3 nafar yurtdoshimiz Pekin aeroportida pulsiz, umidsiz ahvolda o‘tirishibdi. Bular:
1. Hakimov Ulug‘bek
2. Shafoatov Rustam
3. G‘afforova Nargiza
(Boshqa barcha rasmiy ma’lumotlarni TIV vakillariga taqdim qilishim mumkin)
O‘zbekiston Tashqi Ishlar vazirligi, Xitoydagi elchixona vakillaridan iltimos qilib qolamiz, ushbu talabalarga yordam bering. Xitoydagi boshqa yurtdoshlarimizdan ham iltimos qilib qolaman, bolalar juda tushkun kayfiyatda. Hali ular juda yosh, oralarida qiz bola ham bor. E’tiborsiz, taqdir qo‘liga qolib ketishmasin», — deyiladi xabarda.
Pekin AeroportiO‘zbekiston TalabalariXitoy ElchixonasiTashqi Ishlar VazirligiYordam BerishUmidsiz Ahvol O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar