Foto: @SecPompeo/Twitter
AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo Qozog‘istonda AQSH bilan hamkorlikning ustun jihatlari haqida gapirdi. U Qo‘shma Shtatlar Qozog‘istonning boshqa davlatlar bilan munosabatlarini qo‘llab-quvvatlashi, ammo Amerika kompaniyalari bilan hamkorlik yaxshi natija keltirishini ta’kidladi.
«Biz Qozog‘istonning qaysi davlatlar bilan hamkorlik qilish borasidagi tanlash erkinligini qo‘llab-quvvatlaymiz, ammo Amerika kompaniyalari bilan hamkorlik qilish har qanday davlat uchun eng yaxshi natijani beradi», dedi AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida.
U Tyson Foods kompaniyasi bilan hamkorlik kelishuvini misol tariqasida keltirdi.
«Bundan tashqari, Chevron va ExxonMobil kabi Amerikaning yirik kompaniyalari neft-gaz sohasi va kelajagingizga investitsiya kiritishda davom etadi. Ular Qozog‘iston fuqarolarini ishga oladi va mahsulotingizni eksport qilishda yordam beradi», - dedi Pompeo.
AQSH davlat kotibi 2 fevral kuni Toshkentga keladi. U 3 fevral kuni «C5+1» shaklidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi.
Tashrif davomida Mayk Pompeo prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida ham bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”