09:52 / 03.02.2020
3 393

Tokioda bir dona baliq 1.8 million dollarga sotildi

Tokioda bir dona baliq 1.8 million dollarga sotildi
Tokiodagi an’anaviy baliq auksionida 278 kglik ko‘k tunets balig‘i 193,2 mln iyenga (1,8 mln dollar) sotildi. Bu haqda NHK nashriga asoslanib Ekologuz kanali ma’lum qildi.

Auksion an’anaviy ravishda yanvar boshida Tokio bo‘g‘ozi yaqinidagi Toyesu tumanidagi dunyodagi eng yirik baliq bozorlaridan birida o‘tkaziladi. Ushbu turdagi baliq uchun eng yuqori narxni qatorasiga ikkinchi yil Sushi Zanmai sushi restoranlari tarmog‘iga egalik qiluvchi Kiyomura kompaniyasi taklif qildi. 2018 yilda ham ushbu kompaniya ko‘k tunets uchun 333,6 mln iyen (3 mln dollar) to‘lagandi.

Kompaniya egasi Kiyesi Kimura o‘z mijozlarini mazali tunets bilan mehmon qilish uchun pulni ayab o‘tirmaydi. Kimura ushbu auksionda muntazam ishtirok etib, eng yuqori narxlarni taklif qilib keladi. Auksionda sotilgan baliqni tutgan 57 yoshli erkakning aytishicha, bunday ovni har bir baliqchi orzu qiladi.

Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi saytida ko‘rsatilishicha, ko‘k tunets yo‘q bo‘lib ketish yoqasida turgan tur hisoblanadi. Ushbu turdagi katta yoshli baliq uzunligi 3 metrgacha, og‘irligi esa 680 kg.gacha yetishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tokioda bir dona baliq 1.8 million dollarga sotildi