
Margaritaning qo‘llarini eri bolta bilan chopgan.
Oilaviy zo‘ravonlik yoki erlarning o‘z xotiniga qarshi kuch ishlatishi - sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlarida keng tarqalgan.
Aksar ayollar bunday zo‘ravonlikka chidashadi. Sababi - ersiz yoki ajralgan ayolni jamiyat yaxshi qabul qilmaydi.
Boshqa tarafdan, eridan ajralgan ayolning o‘z kuninin ko‘rishi, uy qilishi yo bola boqishi ham oson emas.
Ayollar shuurida oilaviy zo‘ravonlik odatiy hol kabi chuqur o‘rnashgan. Shu sababli "uradimi, demak sevadi" yoki "rashk qiladimi, demak sevadi" kabi qarashlar ham keng tarqalgan.
Xiyonat qilgansan, deb eri tarafidan qo‘llari chopib tashlangan yosh ayol hikoyasi - ayni shu tushunchalarning fojiali oqibatlaridan biri.
Ogohlantirish: Video ko‘ngilni xira qilishi mumkin:
Rossiyaning dahshatli, ammo dunyo ko‘zidan yashirin siri bor. Bu - ayollarga qarshi oilaviy zo‘ravonlik. Har yili minglab rossiyalik ayollarni erlari o‘ldiradi.
Muammoning bu qadar keng tarqalganiga qaramasdan, Rossiya maishiy zo‘ravonlikka oid qonunlarini yengillashtirgan.
Oilaviy zo‘ravonlik holatida birinchi bor do‘pposlagan yoki kaltaklagan odam jiddiy jismoniy zarar yetkazmasa, qamoqqa olinmasligi mumkin. Ammo zo‘ravon erkaklar qattiq jazolanishini istaydigan rossiyalik ayollar nima deyishadi?
Ularning ovozlari va talablari an’anaviy Rossiya jamiyati va mentalitetida qirg‘oqqa urilgan ojiz to‘lqindek ortga chekinmoqdami?
Yoki bu o‘rinda yangi qadamlar qo‘yilmoqdami? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar