20:30 / 04.02.2020
4 270

Nega nasroniy rohib masjid qurayapti?

Nega nasroniy rohib masjid qurayapti?
Efiopiyalik nasroniy rohib bir shaharda ham cherkov va ham masjid qurish uchun mablag‘ to‘plashga kirishgan.
Oromiya shtati tarkibidagi Sharqiy Hararge viloyatida Lange shaharchasi bor.

U yerda nasroniylar ham, musulmonlar ham istiqomat qiladilar. Ruhoniy Abba Aklilemariyam Komosning Bi-bi-si Afaan Oromoo xizmatiga aytishicha, mahalliy aholining qo‘li kaltaligi bois Langedagi cherkov ham, masjid binosi ham vayrona ahvolga kelgan, mahalliy ibodatchilarning ta’mirlashga mablag‘i bo‘lmagan.

Ilk bor Abba Aklilemariyam Komos Lange shaharchasiga 2015 yili borganida "cherkov binosini ta’mirlash kerak ekan" degan xayolga boradi.
U yangi cherkov binosini qurish kerak, degan qarorga keladi. Oradan ko‘p o‘tmay, yangi masjid binosini ham qurish kerak ekan, degan fikrga keladi.

Chapdagi surat yangi cherkovning, o‘ngdagisi esa yangi qurilayotgan masjidning surati
Bi-bi-sining Afaan Oromoo xizmati muxbiri rohibdan, "cherkov qurish bilan cheklansangiz ham bo‘lardi-ku, nega yangi masjid binosini qurishga qaror qildingiz", deb so‘raganida u "Xudoning ixlosini qaytarishni" istamaganini aytdi:

"Bizning cherkovimizning ham, musulmon birodarlarimiz masjidining ham ahvoli bir xil bo‘lsayu, men faqat cherkov qurish uchun mablag‘ to‘plasam, Xudoning ixlosini qaytargan bo‘lardim. Bizning dinlarimiz boshqa-boshqa, ammo muhabbatimiz emas".

Abba Aklilemariyam Komos poytaxt Addis-Abebadagi Efiopiya Islomiy ishlar oliy kengashiga murojaat qilgan. Shundan so‘ng masjidlarda pul yig‘ish boshlangan.
"Birinchi bo‘lib Addis-Abebadagi "Nur" masjidida pul yig‘ishni 2018 yil oktabrida boshladim. Ikki oydan kam vaqt ichida 200000 Efiopiya birridan ziyod mablag‘ to‘pladik", deydi rohib.

200 ming birr 6200 AQSH dollari deganidir. Qurilishlar boshlanib, ham cherkovning va ham masjid ustunlari ko‘tarilib qoldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nega nasroniy rohib masjid qurayapti?