
Foto: «Ir.voanews.com»
Xitoyning Xebey provinsiyasi Neysyu uyezdi politsiyasi Uxanga borganini yashirgan ayolga nisbatan ish qo‘zg‘atdi, deb yozadi «RIA Novosti»ga tayanib "Xabar" nashri.
Juma kuni unga yangi tipdagi koronavirus chaqirgan zotiljam tashxisini qo‘yishdi. U 77 nafar inson, jumladan, shifoxona xodimlari bilan yaqin munosabatda bo‘lgan.
Ayolning familiyasi — Lyu, u 64 yoshda. 17 yanvar kuni u turmush o‘rtog‘i, qizi, kuyovi va nevaralari bilan Uxandan Neysyuga qaytib kelishadi. 31 yanvar kuni uning nafas olishi qiyinlashadi va shifoxonaga yotadi. U va oilasi Uxanga borganini 6 fevralgacha yashirib kelishadi.
Hukumat izolyatsiya choralarini ko‘rdi: Neysyudagi an’anaviy Xitoy tabobati klinikasini, Syaodun tumanidagi stomatologiya klinikasini hamda bemor bo‘lgan va yashagan hamma joylarni yopdi.
Bir kun oldin Xitoy sharqidagi Futszyan provinsiyasida koronavirusni yuqtirgan erkakni qo‘lga olishdi. U ham Uxanga borganini yashirib kelgan. Qaytib kelgach bir qancha ommaviy tadbirlarda ishtirok etgan. U tufayli qariyb 4 ming kishi karantinga tushgan, ulardan 7 nafari koronavirusni yuqtirishga ulgurgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar