Foto: AP
AQSH prezidenti Donald Tramp Xitoyda tarqalgan koronavirusga qarshi kurash joriy yilning aprel oyida yakuniga yetishini bashorat qildi, deb yozmoqda «RIA Novosti»ga asosan Daryo.
«Koronavirus bo‘yicha: odamlar kasallikning aprel oyida kunlar isishi natijasida yo‘q bo‘lib ketishini aytmoqda» – deya Trampning gubernatorlar bilan uchrashuvda aytgan so‘zlarini keltirgan press-pul.
«Umuman olganda issiqlik bu kabi viruslarni tez o‘ldiradi», — degan Tramp.
U Xitoy vakillari bilan suhbatda ular virusning aprel oyida butunlay yo‘q bo‘lishi haqida va’da berishganini qayd etgan.
Shuningdek, Tramp AQSHning koronavirusga qarshi kurashda yaxshi vaziyatda ekanligini ta’kidlagan.
Amerika sanitariya idorasining ma’lumotlariga ko‘ra AQSHda koronavirusga chalingan odamlar soni 12 nafarni tashkil qiladi, bu raqam o‘tgan haftadan beri o‘zgarmay kelmoqda. Yana 68 nafar odam aniq tashxis chiqishini kutmoqda, 318 nafar bemorning ushbu virusga chalingani haqidagi taxminlar yakunda o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlardan keyin o‘zini oqlamagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"