07:30 / 13.02.2020
2 495

Kvartira ichida 50 km: Xitoylik marafonchilar uyda mashq qilmoqdalar (video)

Kvartira ichida 50 km: Xitoylik marafonchilar uyda mashq qilmoqdalar (video)
Xitoyning ko‘plab shaharlarida koronavirus sababli harakatlanishga kiritilgan cheklovlar mahalliy marafonchilarni o‘zini yaxshi formada saqlash uchun uydagi sharoitdan foydalanishga majbur qilmoqda. Ular shu bilan birga yugurish trenajyorlaridan foydalanishmayapti.

Bu haqda Daily Mail nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Misol uchun, Xunan provinsiyasining Chansha shahrida yashovchi 66 yoshli marafonchi Li Chjanchje har kuni o‘z uyida 10 kmlik masofani yugurib o‘tmoqda. U qo‘shnilarini bezovta qilmaslik uchun iloji boricha ohista yugurishga harakat qilmoqda.

Chjanchje 2008 yilgi Pekin Olimpiadasida Olimpiya mash’alasini olib boruvchilardan biri bo‘lgan va Tokio, Boston, London, Berlin, Chikago va Nyu-York marafonlarida ishtirok etgan.

Jumladan, Xanchjouda yashovchi taniqli havaskor marafonchi Pan Chansu o‘ziga xos rekord ham o‘rnatdi: u karantin tufayli ko‘chada mashq qila olmagani sababli kvartirasida 50 km masofani yugurib o‘tgan.

“Men bir necha kun ko‘chaga chiqmadim va buyog‘iga qo‘lni qovushtirib o‘tirolmayman”, deb yozgan Pan Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida. Sportchining ta’kidlashicha, u mehmonxonadagi ikkita stolni birlashtirib, 8 metrlik “maydoncha” hosil qilgan va uning atrofida 6250 marta yugurib chiqqan. Buning uchun unga 4 soat 48 soniya talab etilgan. Pan buning isboti tariqasida video va suratlar bilan bo‘lishgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kvartira ichida 50 km: Xitoylik marafonchilar uyda mashq qilmoqdalar (video)