Foto: «Yandex»
Vetnam shimolidagi Vin Fuk provinsiyasi rahbariyati aholisi orasida yetti kishi koronavirusni yuqtirgan Son Loy qishlog‘ini butunlay izolyatsiyaga oldi, deya xabar berdi «VNexpress» yangiliklar internet-portali.
Qishloqda yettinchi odam koronavirusni yuqtirgandan so‘ng qat’iy chora qabul qilingan. Yangi bemor uch oylik qizaloq hisoblanadi.
Provinsiya hukumati to‘liq izolyatsiyani e’lon qilish bilan birga qishloq atrofida uchta qo‘shimcha nazorat punktlarini o‘rnatib, ularning umumiy sonini 8 taga yetkazdi. Qishloq avvaldan nazorat ostida bo‘lgan, uning atrofida beshta nazorat punkti o‘rnatilgandi.
10 ming kishi istiqomat qiladigan qishloqqa hukumat uzluksiz ravishda dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berib turibdi. Shuningdek, barcha aholiga tibbiy niqoblar tarqatildi, deb yozadi portal qishloq ma’muriyati ma’lumotiga tayanib.
Aholi punkti to‘liq izolyatsiyasi 14 kun davom etadi.
Vin Fuk provinsiyasi koronavirusni yuqtirganlar soni bo‘yicha mamlakatda birinchi o‘rinda turadi. Shuning uchun kasallik uning tashqarisiga tarqalib ketishining oldini olish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda. Hozircha Vetnamning Vin Fuk provinsiyasiga chegaradosh hududlarida koronavirusni yuqtirish bilan bog‘liq birorta ham holat qayd etilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”