
AQSH prezidenti Donald Tramp advokati Rudi Jiulianini ayg‘oqchilik uchun Ukrainaga yuborganini tan oldi.
Donald Tramp avvaliga impichment surishtiruvi paytida bu ayblovni qat’iyan rad etgan edi. Ammo endi ochiqchasiga tan oldi.
Prezident payshanba kuni jurnalist Geraldo Riveraga bergan intervyusida advokati Rudi Jiulianini siyosiy raqiblari haqida sirli ma’lumotlarni topish uchun Ukrainaga yuborganiga iqror bo‘lgan. Jurnalistning «shaxsiy advokatingizni Ukrainaga yuborish sizningcha g‘alati emasmi? Siz bundan afsusdamisiz?», — deya so‘ragan. Ushbu savolga javoban Tramp: «Yo‘q, aslo yo‘q» deb javob bergan va Jiulianining «jinoyatchilikka qarshi kurashdagi» o‘rnini maqtagan.
Jiulianining aytishicha, u Ukrainada qonuniy korrupsiyani fosh qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.