09:06 / 16.02.2020
2 747

Kamaz haydovchisiz harakatlanadigan yuk avtomobillarini sinovdan o‘tkazmoqda

Kamaz haydovchisiz harakatlanadigan yuk avtomobillarini sinovdan o‘tkazmoqda
Yandeksning 2018 yildan beri Rossiya yo‘llarida sinovdan o‘tkazilayotgan avtonom yengil avtomobillar loyihasiga Kamaz shirkati hamda Moskva avtomobil yo‘llari texnika davlat universiteti ham qo‘shiladi. Bu haqda o‘z manbalariga tayangan holda Vedomosti xabar bermoqda.

Manbaning aytishicha, hozirda Kamaz-4308 avtonom (haydovchi ishtirokisiz mustaqil harakatlanadigan) yuk tashuvchisi avtomobil yo‘llari bo‘yicha Rossiya davlat ilmiy markazida sinovdan o‘tkazilmoqda.

Rossiya hukumatining 2018 yil noyabr oyidagi qaroriga muvofiq, avtonom rejimda harakatlanadigan avtomobillar Moskva hamda Tatariston yo‘llarida harakatlanishi mumkin.

Agar sinovlar muvaffaqiyatli yakunlanadigan bo‘lsa, kompaniya yaqin kelajakda katta hajmda avtonom yuk tashuvchilarni ishlab chiqaradi va mintaqaviy bozorlarga yetkazib beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kamaz haydovchisiz harakatlanadigan yuk avtomobillarini sinovdan o‘tkazmoqda