3 593
Qozog‘iston televideniyesida Markaziy Osiyodagi birinchi virtual boshlovchi paydo bo‘ldi (video)
Foto : Atameken Business
Qozog‘istonning Atameken Business telekanalida yangiliklar dasturidan birini virtual boshlovchi olib borishni boshladi. U Markaziy Osiyodagi birinchi virtual boshlovchi bo‘ldi. Bu haqda Atameken Business mediaxoldingida ma’lum qilingan.
i-Sanj deb nomlangan gologramma qozog‘istonlik aktyor Sanjar Madi qiyofasida ishlanib, kundalik iqtisodiy yangiliklar blokini olib boradi.
Virtual boshlovchi loyihasi ustida ishlagan jamoaning ta’kidlashicha, o‘ziga xos mazmundagi yangiliklarni texnologik personajlar taqdim qilishi kerak. Loyihaning “antiqaligi” ham aynan shundan - intellektual kontent va yangi texnologiyalarni birlashtirishdan iborat.
Ta’kidlanishicha, kiber-boshlovchi i-Sanj yangiliklarni tezkor va bexato yoritishda yangi imkoniyatlarni ochadi. U ta’til, maosh, grimga ehtiyoj sezmaydi va uzzukun ishlashga tayyor.
Telekanal prodyuserining ta’kidlashicha, televideniyeda dramaturgiya kinodagidan kam bo‘lmagan darajada muhim va virtual boshlovchilar mualliflik dasturlarida insonlar o‘rnini bosa olmaydi. Loyihani neyron tarmoq yordamida mahalliy dasturchilar kuchlari bilan amalga oshirishga muvaffaq bo‘lingan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas