Foto: «RIA Novosti»
To‘qqiz mamlakat, jumladan, AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiyadan kelgan olimlar guruhi «yangi tipdagi koronavirus sun’iy yo‘l bilan hosil qilingan» degan mish-mishni tarqatgan kimsalarni qattiq qoraladi.
«Biz COVID-19 sun’iy yaratilgan degan fitnani qoralash uchun birlashdik. Bir qancha mamlakat olimlari kasallik qo‘zg‘atuvchisi, o‘tkir og‘ir respiratorli koronavirus sindromi 2 (SARS-CoV-2) genomini tahlil qilishdi va chop etishdi. Ularning aksariyati koronavirus boshqa ko‘pgina patogenlar singari tabiatda kelib chiqqan, degan xulosaga kelishdi», — deyiladi «Lancet» tibbiy jurnalida chop etilgan mutaxassislar murojaatida.
Murojaatnoma to‘qqiz mamlakat ilmiy tashkilotlarida tibbiyot sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi 27 nafar mashhur olim tomonidan imzolandi: AQSH, Germaniya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Malayziya, Italiya, Avstraliya va Xitoy. Jumladan, Britaniyaning tibbiy-biologik tadqiqotlarni moliyalashtiruvchi «Wellcome Trust» xayriya jamg‘armasi direktori Jeremi Farrar, AQSH yuqumli kasalliklar milliy markazi sobiq direktori Jim Xyuz, AQSH Milliy ilm jamg‘armasi sobiq rahbari Rita Koluell ham o‘z imzolarini chekishgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi