
Rus olimlari Chukotka, Koryakiya va Kamchatka shimolidagi o‘tish mumkin bo‘lmagan ko‘llarni o‘rganish uchun ekspeditsiya uyushtirdi va taxminan 200 ming yil oldin paydo bo‘lgan o‘nlab baliq turlarini topishdi.
Qizig‘i, bu baliqlar ilgari fanga noma’lum bo‘lgan. Bu haqda Kronotsk davlat qo‘riqxonasining katta ilmiy xodimi va ekspeditsiya qatnashchisi Grigoriy Markevich ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ekspeditsiya doirasida dastlab 40 ming kvadrat metr hududdagi o‘nlab ko‘llar tekshirilgan. Maydon Chukotka, Koryakiya va Kamchatkaning shimoliy qismini qamrab olgan. Yo‘nalishning uzunligi taxminan 8 ming km bo‘lib, ekspeditsiyada aviatsiya xizmatidan ham foydalanilgan.
Olimning so‘zlariga qaraganda, ushbu hududdagi suv havzalari ilgari o‘rganilmaganligi sababli, anchagina qiyinchilik tug‘dirgan.
“Ushbu ish natijalari turli xil baliq turlarining kelib chiqishini bilish uchun katta ahamiyatga ega. Hozir biz noma’lum turlarning genetik namunalarini tahlil qilmoqdamiz. qo‘limizdagi ma’lumotlar arktik sharoitda tirik organizmlarning evolyutsion mexanizmlarini tushunishga yordam beradi“, deb ta’kidlaydi Markevich. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar