
Foto: «Blog.sololaki.ru»
AQSH prezidenti Donald Tramp koronavirusni yuqtirib olmaslik uchun hamma narsani ushlayvermaslik va qo‘lni yuvishni maslahat berdi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qildi.
«Ehtimol, eshitgandirsiz, men ko‘pincha shunday yo‘l tutaman. Lekin siz ham qo‘l yuvishingiz, tozalikka rioya etishingiz kerak. Agar bunga zarurat bo‘lmasa, har qanday tutqichni ham ushlab ko‘raverish shart emas. Ya’ni shamollashda amal qilish kerak bo‘lgan ba’zi amallar bor», — deydi u jurnalistlarga.
Tramp o‘tgan hafta ancha vaqtdan beri ko‘rishmagan bir odam yoniga kelganini so‘zlab berdi.
«U meni quchoqlab, o‘pdi. «Yaxshimisiz?» deb xoh-ahvol so‘raganimda, «Yo‘q. Kuchli shamollash va isitma bor», dedi. Shunga qaramay, u meni quchoqlab, o‘pyapti. Men uzrimni so‘radim-da, qo‘limni yuvganiga chiqdim», — deydi Tramp. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar