Foto: diapazon.kz
25 fevral kuni Qozog‘istonning Aqto‘be oblasti hududida Karabutak-Kostanay trassasida ichida 45 yo‘lovchi - O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketgan.
Hodisa vaqtida avtobus ichida bo‘lganlardan biri Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, Chimkentdan Yekaterinburgga qarab yo‘lga chiqqan avtobus yo‘l muzlashi tufayli ag‘darilgan, uning ichida o‘ndan ortiq o‘zbekistonliklar bo‘lgan.
Yo‘lovchilar orasida jarohatlanganlar yo‘q. Mahalliy huquq-tartibot idoralari tashabbusi bilan yo‘l transport hodisasi ishtirokchilari mehmonxonaga joylashtirilgan.
Hozircha, ushbu hodisa yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yoki Transport vazirligi biror bir munosabat bildirmagan.
Bundan avvalroq Qozog‘istondagi mahalliy nashrlar Aqto‘bedagi YTH haqida ma’lumot berib, avtobusdagi yo‘lovchilarning barchasi Tojikiston fuqarolari ekanini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi