Leonid Mixelson va Vagit Alekperov Foto: Andrey Yepixin / TASS
Ma’lum qilinishicha, Vladimir Potanin 1,4 mlrd dollar yo‘qotgan, ayni vaqtda uning aktivlari 26 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bunga unga tegishli kompaniya aksiyalarining 6 foizga arzonlashib ketgani sabab bo‘lgan.
Vagit Alekperov esa yanada ko‘proq yo‘qotgan: 1,6 mlrd dollar. Uning boyligi 23,2 mlrd dollargacha kamaygan.
Rossiyaning uchinchi raqamli boy kishisi, NOVATEK kompaniyasi boshqaruv raisi Leonid Mixelson 1,2 mlrd dollar yo‘qotgan. Kompaniya aksiyalari 9,8 foizga arzonlashib ketgan. Buning oqibatida Mixelsonning aktivlari qiymati 22,5 mlrd dollargacha qisqargan.
Novolipetsk metallurgiya kombinati egasi Vladimir Lisin 910 mln dollar yo‘qotgan. Uning umumiy boyligi endi 21,3 mlrd dollarga baholanmoqda.
“Severstal” egasi Aleksey Mordashov aktivlari 948 mln dollarga kamayib, 19,9 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Uning kompaniyasi aksiyalari 9,7 foizga arzonlashib ketgan.
Milliarderlar ularga tegishli kompaniyalar aksiyalari arzonlashishi oqibatida pul yo‘qotmoqdalar. Xususan, “Nornikel” aksiyalari deyarli 5 foizga, “LUKOYL”niki 5 foizga, NOVATEKniki 3 foizga qadrsizlangan. Aksiyalar narxi pasayishi sarmoyachilarning koronavirus epidemiyasidan xavotirlanayotganlari ortida yuz bermoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi