4 620
Butun dunyo bo‘ylab koronavirusdan kasallanganlar: Qaysi davlatlarda necha kishini tashkil qilmoqda?
Foto: EPA-EFE/WANG YANBING CHINA OUT
Butun dunyo bo‘ylab koronavirusdan kasalanganlar soni 88,4 ming kishidan oshdi. Xitoydan tashqarida kasallanganlar soni bir sutkada 1,7 mingga ko‘payib, 8410 nafarga yetdi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.
Virus tarqalishi boshlangan Xitoyda 80026 ta kasallanish holati qayd etilgan, bir kun ichida virusdan 42 kishi halok bo‘lib, qurbonlar umumiy soni 2912 nafaga yetdi.
Xitoydan tashqarida eng ko‘p kasallanish holati Janubiy Koreyada – 4212 ta, Italiyada – 1694 ta, Eronda – 978 ta va Yaponiyada 961 ta qayd etilgan.
Fransiyada koronavirusga chalinganlar soni 130 nafarni, Singapur – 106, Hongkong – 98, AQSH – 74, Ispaniya – 71, Germaniya – 66, Kuvayt – 45, Tailand – 42, Tayvan – 40, Bahrayn – 38, Buyuk Britaniya – 35, Avstraliya va Malayziya – 29 nafardan, BAA – 21, Kanada – 20, Iroq va Norvegiya – 19 nafardan, Vetnam – 16, Shvetsiya – 15, Makao, Niderlandiya va Shveysariyada 10 nafarni tashkil qilmoqda.
Yana 39 ta davlatda 10 tadan kamroq kasallanish holati qayd etilgan.
Xitoyning qit’adagi qismidan tashqarida bir kun ichida virus qurbonlari soni 109 nafardan 130 nafargacha ko‘paydi: Eronda 54 kishi, Italiya - 34, Janubiy Koreya – 20, Yaponiya – 12, Hongkong, Fransiya, AQSH – 2 kishidan, Buyuk Britaniya, Ekvador, Tayvan va Filippinda bir kishidan vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...