«Pole chudes» asoschisi o‘ldirilishi: Butun Rossiya efirlari to‘xtatilishiga sabab bo‘lgan mash’um voqea

Vlad Listyev // foto: Global Look Press
O‘shanda ikkinchi bosqich talabasi edim. Bahorning ilk kunlari… Talabalar yotoqxonasidagi televizorda Rossiya kanallarida faqat qora fonda Vladislav Listyevning portreti, ostiga «VLADISLAV LISTЕV UBIT» degan yozuv yozib qo‘yilgan edi. Shu mash’um voqeaga ham chorak asr bo‘libdi.
O‘shanda jurnalist Listyev ORT (Obshestvennoye Rossiyskoye Televideniye — Rossiya jamoatchilik televideniyesi, hozirgi «Perviy kanal») direktori sifatida ish boshlaganiga endi bir oy bo‘lgan edi.
1956 yilning 10 mayida Moskva shahrida tug‘ilgan Vladislav Listyev keyinchalik Moskva davlat universitetining jurnalistika fakultetining xalqaro bo‘limini tugatgan. 1982 yilda o‘qishni tugatgach, SSSR davlat teleradio qo‘mitasining bosh propaganda tahririyatiga xorijiy davlatlarga radioeshittirishlar muharriri bo‘lib ishga kirgan.
1987 yilda u Markaziy televideniyening yoshlar tahririyatiga ishga o‘tib, «Vzglyad» dasturi boshlovchilaridan biri bo‘ladi. «Vzglyad» dasturining muvaffaqiyatidan ilhomlangan Listyev va uning hamkasblari «VID» («Vzglyad I Drugiye») telekompaniyasiga asos solishdi. Bu komapniya hanuz «Perviy kanal» uchun ayrim teledasturlarni tayyorlab kelmoqda.
Listyev 1991 yildan «VID» telekompaniyasining bosh prodyuseri, 1993 yilning oktabridan uning prezidenti bo‘ladi. «VID» telekompaniyasida ishlagan vaqtlarida Listyev «Pole chudes» («Mo‘’jizalar maydoni») kapital-shousi, «Tema» («Mavzu») va «Chas pik» («Tig‘iz vaqt») kabi teleko‘rsatuvlar muallifi va boshlovchisi bo‘ldi. Shuningdek u «Zvyozdniy chas» («Yulduzlik soati»), «L-klub», «Serebryaniy shar» («Kumush shar») va «Ugaday melodiyu» («Navoni top») dasturlari dasturlarini yaratgan.

Foto: Nikolay Malishev / TASS
Aynan shu davrda u kompaniyadagi sheriklari bilan mojaroga kirisha boshlagan. «Vlad Listyev. Pristrastniy rekviyem» («Vlad Listyev. Otashin motam kuyi») kitobida yozilishicha, Listyev kompaniya prezidentligidan o‘z hamkasblari tomonidan ketkazilgan (uning o‘rnini Aleksandr Lyubimov egallaydi).

Foto: Vitaliy Savelyev / RIA «Novosti»
1995 yilning yanvarida Listyev «VID» telekompaniyasidan ketadi va 31 yanvar kuni Birinchi kanalning ORT telekompaniyasiga bosh direktor etib tayinlanadi. Rossiyalik yozuvchi va jurnalist Aleksandr Kondrashov o‘zining «Qayta qurish bitllari» kitobida shunday yozadi: «Berezovskiy ORTning bosh direktorligi lavozimiga Listyevni tanlashiga sabab — barcha nomzodlar ichida faqat uning «titulli beshinchi punkti» bor edi». Ya’ni, yozuvchi Listyev yahudiy millatiga mansub bo‘lganiga shama qilmoqda.
Rossiyalik jurnalist Aleksey Venediktovning hisoblashicha, «Berezovskiyning ORTdagi o‘g‘riliklarga barham berishda yagona umidi Listyevdan edi».
ORTga ishga o‘tgach, Listyev darhol kompaniyaning xo‘jalik siyosatida jiddiy o‘zgarishlar qila boshlaydi. ORT direktorlar kengashi bosh direktori o‘rinbosari Badri Patarkatsishvili taklifiga binoan misli ko‘rilmagan ishga qo‘l uradi — 1 apreldan boshlab federal kanalda reklama ko‘rsatishga moratoriy e’lon qilish. Listyev bu buyruqni imzolaydi. Bu qaror birinchi navbatda ORTda reklama joylashtirilishini 100 foiz nazorat qiluvchi reklama agentliklari uyushmasiga qaratilgan edi.

Foto: Nikolay Malishev / TASS
Tahdidlar
Listyevga u hayotligida bir necha bor o‘lim bilan tahdid qilishgan. Unga hattoki jonli efirda qo‘ng‘iroq qilishgan, bir necha bor o‘ldirishni va’da qilishgan. Uyidagi shahar telefoni doimo uzilib qolar, Listyev mobil aloqadan foydalanishga majbur bo‘lar va so‘zlashuvni kimlardir eshitib turardi.

Foto: Nikolay Malishev / TASS
Listyev o‘zini o‘ldirishlari mumkinligini taxmin qilar, lekin bunga ishonmas edi. Shu sababli real tahdidlarga qaramasdan u shaxsiy tansoqchilardan foydalanmagan.
Qotillik
1995 yilning 1 martida soat 21:10larda, «Chas pik» dasturi s’yomkalaridan qaytayotgan chog‘da u Moskvaning Novokuznetsk ko‘chasida joylashgan o‘z uyi pod’yezdi oldida noma’lum ikki shaxs tomonidan o‘ldirib ketiladi. Birinchi o‘q uning o‘ng yelkasiga tegadi. Ikkinchisi — boshiga.
Uning yonida bo‘lgan pul va boshqa qimmatli narsalarga teginilmaydi, shu sababli tergovchilar 39 yoshli jurnalistning o‘limi uning ishi yuzasidan yoki siyosiy faoliyati bilan bog‘liq degan to‘xtamga kelishadi.
2006 yilga kelib ushbu qotillik yuzasidan ochilgan jinoiy ishda tomlar soni 200dan oshadi. Tergovni bir necha tezkor guruh olib boradi, garchi huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ish ochilish arafsida ekani to‘g‘risidagi bir necha bayonotlariga qaramasdan, na qotillar, na buyurtmachilar topiladi (ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, hokimiyat tomonidan bosim bo‘lganligi sababli).

Foto: Stanislav Panov / TASS
Reaksiya
Listyevning o‘limi va dafn marosimi atrofidagi voqealar keng jamoatchilik rezonansi bilan kutib olindi. 2 mart kuni Rossiyaning barcha markaziy telekanallari ko‘rsatuv uzatishni to‘xtatishdi. Kun bo‘yi mamlakat ekranlarida ORTning bosh direktori portreti «Vladislav Listyev o‘ldirildi» yozuvi bilan uzatilgan. Efirga faqat shoshilinch yangiliklar dasturi chiqarib turilgan.
Zamonaviy Rossiyada shundan so‘ng birorta voqea barcha telekanallar efiri to‘xtatilishiga sabab bo‘la olmagan.
3 mart kuni kechqurun, Moskva vaqti bilan soat 19:00da «Chas pik» ko‘rsatuvi efirga uzatilgan hamda dastur Listyevning hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan. Uning ortidan «Ostankino» studiyasi va «Chas pik» dasturi studiyasidan Listyev xotirasiga bag‘ishlangan «Chas pik Rossii» («Rossiyaning tig‘iz vaqti») ko‘rsatuvi efirga jonli uzatilgan. Unda Rossiyaning taniqli jurnalistlari, siyosatchilari va artistlari ishtirok etgan. Xotira tadbirlarida Nikolay Svanidze, Yuriy Nikolayev, Yevgeniy Kiselyov, Boris Notkin, Ivan Demidov, Lyudmila Gurchenko, Mixail Gorbachyov, Artyom Borovik, Yegor Yakovlev va boshqalar ishtirok etgan.
Bir kun avval Rossiya prezidenti Boris Yelsin qotillik yuzasidan bayonot bergan:
«Fojia yuz berdi… Bu fojia «Ostankino» jamoasi, Rossiyaning barcha jurnalistlari, butun Rossiyaning fojiasidir. Jahonning eng iqtidorli televizionchisining qo‘rqoqlarcha, yovuzlarcha, banditlarcha o‘ldirilish fojiasi. Men bu og‘ir daqiqalarda yonlaringda bo‘la olmadim. Lekin banditizm, korrupsiya, poraxo‘rlik va jinoyatilikka qarshi kurashish uchun yetarli chora ko‘rmagan aybdor rahbarlardan biri sifatida oldlaringda bosh egaman».

Foto: Nikolay Malishev/TASS
Vladislav Listyevning o‘limi 1990-yillarda ro‘y bergan eng shov-shuvli qotilliklardan biri bo‘lib, hanuz ochilmasdan kelmoqda.

Sh.SHOKIRJONOV tayyorladi.

Izohlar 0
…