date
views 3 755

Dunyodagi eng qadimiy shamshir qayerda saqlanmoqda?

Dunyodagi eng qadimiy shamshir qayerda saqlanmoqda?
Foto: Università Ca’ Foscari
Venetsiyadagi muzeylardan birida saqlanayotgan besh ming yillik shamshir dunyoning eng qadimiy qilichi sifatida e’tirof etildi.

Daily Mailʼning yozishicha, artifakt miloddan avvalgi uchinchi ming yillikda Turkiyaning sharqiy qismida tayyorlangan. Ammo muzeyda o‘rta asrlarga oid to‘plam sifatida saqlab kelingan. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, u oddiy qurol sifatida yoki tantanali buyum sifatida ishlatilgan bo‘lishi mumkin.

Tadqiqotchilarning fikricha, qilich Venetsiyaga XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiyaning Trabzon shahridan olib kelingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng qadimiy shamshir qayerda saqlanmoqda?