Xitoylik olimlar yangi turdagi koronavirus (SARS-CoV-2)ning ikki kichik turini aniqlashdi, bu haqda «Beyszin jibao» gazetasi Xitoy fanlar akademiyasiga asoslanib xabar berdi.
Tadqiqotchilar yangi turdagi koronavirusning 103 ta namunasini o‘rganishdi, aniqlanishicha, keyingi paytlarda uning 149 ta mutatsiyasi paydo bo‘lgan. Shuningdek, SARS-CoV-2 ikki kichik turga bo‘linib rivojlangan — S va L turlari. Bu turlarni olimlar 101 ta namunada aniqlashdi, shulardan 30 foizi S turiga, 70 foizi L turiga mansub bo‘lgan. Mutaxassislar ulardan ikkinchisi (L turi) birinchisi (S turi)ga nisbatan xavfliroq degan xulosaga kelishdi.
S turiga mansub koronavirus ko‘rshapalaklarda aniqlangan virusga ko‘proq mos keladi. Ya’ni jo‘nroq ifodalaganda bu koronavirusning «eskirgan» versiyasi.
Xitoyning Uxan shahrida koronavirus tarqalishining boshlang‘ich pallasida L turi tarqagan edi, ammo yanvar oyining birinchi haftasidan so‘ng u kamroq uchray boshladi.
XXR Gigiyena va sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi koronavirus qo‘zg‘agan pnevmoniyadan vafot etgan bemorlarni o‘rganish natijalarini ham e’lon qildi. Unda kasallik o‘pka hujayralarini qanday o‘zgartirishi haqida ma’lum qilingan, ta’kidlanishicha, kasallik taloq o‘lchamlarini ham o‘zgartirib, yurak mushaklarini ishdan chiqaradi. Xitoylik olimlar qo‘shimcha qilishlaricha, odam ajratish tizimlari mahsulotlarida ham koronavirus izlari topilgan. Bu ularning havo-tomchi yo‘li bilan zararlanishda manba bo‘lib xizmat qilishini anglatadi.
Bu yana shuni bildiradiki, pnevmoniyani qo‘zg‘ovchi virus o‘zaro suhbatlashganda, yo‘talganda, aksirganda insondan insonga o‘tadi. Shuningdek, kasallik qo‘zg‘ovchisi mavjud bo‘lgan joydan ko‘tarilgan chang zarralari sog‘lom odamning nafas olish tizimiga kirgan taqdirda ham kasallikka sabab bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Sharmandaga shahar keng