
Foto: AP
Ma’lumotlarga ko‘ra, Boeing 737 MAX samolyotining halokatga uchrashiga asosiy sabab loyihalash jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan texnik nosozliklar natijasida kelib chiqqan. Biroq tekshiruvlardagi asosiy ma’lumotlar haligacha sir tutilmoqda.
“Bu kabi muammolarning kelib chiqishi Lion Air va Ethiopian Airlines kompaniyalarining parvozlariga hamda ularning saviyalariga jiddiy putur yetkazdi”, deyiladi AQSHdagi transport va infratuzilma qo‘mitasida o‘tkazilgan dastlabki tergov hisobotida. Unda, shuningdek, Federal aviatsiya ma’muriyati (FAA) nazorati keskin tanqid qilindi. Ular sertifikatlash jarayonlarida MAX`dagi asosiy xavfsizlik muammolarini aniqlay olishmagan.
Federal aviatsiya ma’muriyati o‘z bayonotida yakuniy xulosalarga kelmasdan turib, izoh bera olmasliklarini ta’kidlashdi. Biroq FAA aviahalokatni tekshirishga javobgar hisoblanmaydi. Chunki ular samolyotlarni sertifikatlashtirishga mas’uldir.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil oktabrda Indoneziyaning Lion Air kompaniyasiga qarashli Boeing 737 MAX samolyoti qulab tushishi oqibatida 189 kishi halok bo‘lgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar