19:06 / 07.03.2020
3 368

Saudiya Arabistonining uch shahzodasi davlatga xiyonatda ayblanib hibsga olindi

Saudiya Arabistonining uch shahzodasi davlatga xiyonatda ayblanib hibsga olindi
Foto: REUTERS
Shahzodalar Ahmad bin Abdul Aziz, Muhammad bin Naif va uning ukasi Navvof bin Naif o‘lim jazosiga yoki bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdul Aziz Ol Saudning ukasi va ikki jiyani davlatga xiyonatda ayblanib hibsga olindi. Livanning Al-Akhbar gazetasi xabar berishicha, shahzodalar Ahmad bin Abdul Aziz, Muhammad bin Naif va uning ukasi Navvof bin Naif o‘lim jazosiga yoki bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Nashrning yozishicha, ular qirollik saroyi qo‘riqlash xizmati tomonidan ushlangan, ularning uylarida tintuv o‘tkazilgan.
"Qirolning ukasi Ahmad va shahzodalar Muhammad hamda Navvofning qayerda ekanligi noma’lum", - deb yozadi Al-Akhbar.

Saudiya Arabistonining merosxo‘r shahzodasi rahbarligidagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha oliy qo‘mita 2017 yil noyabrda Ar-Riyodda qirollik oilasining o‘nlab a’zolari, davlat xizmatchilari va tadbirkorlarni moliyaviy va lavozimiy jinoyatlarda ayblab hibsga olgandi. Ayblanuvchilarning deyarli barchasi yetkazilgan zararni qoplash uchun o‘z aktivlarining bir qismini davlatga berishga rozi bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistonining uch shahzodasi davlatga xiyonatda ayblanib hibsga olindi