10:50 / 09.03.2020
2 695

Neft 31 foizga arzonlashib ketdi

Neft 31 foizga arzonlashib ketdi
Foto: AP Photo/Hasan Jamali
Brent narxi 14 dollarga arzonlashib, 31,5 dollarni tashkil qilgan. Ushbu turdagi neft narxi bunday past qiymatga 2016 yil yanvarda, ungacha esa 2004 yil bahorida tushib ketgan.

WTI navidagi neft 27 foizga arzonlashib, narxi 30,27 dollarni tashkil qilgan. Ushbu neft oxirgi marta 30,3 dollarga 2016 va 2003 yillarda tushgan.

OPЕK+’ga kiruvchi davlatlarning 6 mart kunidagi muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Tomonlar bitimning yangi ko‘rsatkichlari yoki amaldagi kelishuvning muddatini uzaytirish bo‘yicha kelisha olishmagan. Rossiya amaldagi shartlar saqlanib qolishini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, Saudiya Arabistoni neft qazib olish hajmini kamaytirishni talab qilgan. Natijada 1 apreldan kelishuv ishtirokchilarining neft qazib olishni kamaytarish bo‘yicha majburiyatlari bekor qilinadi.

OPЕK va unga kirmaydigan davlatlarning (OPЕK+) neft qazib olishni kamaytirish bo‘yicha kelishuvi 2017 yil boshidan beri amal qilib kelgandi. 2019 yil oxirigacha kelishuv 2018 yil oktabrdagi hajmdan 1,2 mln barrel kamroq neft qazib olishni ko‘zda tutgan. Joriy chorak uchun esa alyans neft qazib olish hajmini kuniga 1,7 mln barrelga qisqartirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Neft 31 foizga arzonlashib ketdi