date
views 3 142

Birjadagi rekord darajada qulashlardan so‘ng neft narxi yana ko‘tarila boshladi

Birjadagi rekord darajada qulashlardan so‘ng neft narxi yana ko‘tarila boshladi
Foto: Reuters
Neft narxi 9 mart, dushanba, kungi rekord darajadagi qulashdan keyin yana ko‘tarila boshladi, deb xabar bermoqda Meduza'ga tayanib Daryo nashri. London fond birjasi ma’lumotlarining guvohlik berishicha, Brent markali neftning fyucherslari deyarli 7 foizga o‘sdi va bir barrel uchun 36,8 dollarni tashkil etdi.

Bloomberg’ning yozishicha, Osiyo birjalarida fond indekslari barqarorlashuv alomatlarini ko‘rsatmoqda. S&P 500 indeksi fyucherslari dushanba kuni 8 foizga pasayganidan keyin 2 foizdan oshgan. Yaponiyaning Topix indeksi — 1,2 foizga, Gongkongning Hang Seng indeksi 1,8 foizga o‘sdi.

Amerikaning Dow Jones indeksi 9 mart kuni bo‘lib o‘tgan savdo-sotiq natijalariga ko‘ra 7,79 foizga yoki 2 000 punktdan pastga tushib, 2008 yildan buyon eng yirik pasayishni boshdan kechirdi.

Eslatib o‘tamiz, 6 mart kuni Rossiya va OPЕK mamlakatlari neft qazib olish hajmlarini qo‘shimcha ravishda qisqartirish masalasida bir qarorga kela olmagan edi. Oqibatda fond birjalarida 1991 yildan buyon rekord darajada qulash kuzatildi — 9 martga o‘tar kechasi neft narxi bir barrel uchun 30 dollargacha tushdi. Rossiyada neft narxining tushib ketishi sabab dollar va yevro keskin qimmatlashdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Birjadagi rekord darajada qulashlardan so‘ng neft narxi yana ko‘tarila boshladi