16:39 / 11.03.2020
14 415

Nihoyat, koronavirusning «nozik joyi» aniqlandi

Nihoyat, koronavirusning «nozik joyi» aniqlandi
Foto: «Tpg.ua»
Sun Yatsen universiteti tadqiqotchilari mavsum va harorat o‘zgarishi koronavirus tarqalishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqlashdi. Ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, infeksiya Selsiy bo‘yicha +8,72 darajada o‘zini juda yaxshi «his qiladi».

Olimlarning ta’kidlashicha, yangi COVID-19 koronavirusi yuqori haroratga o‘ta ta’sirchan, deb yozadi «South China Morning Post».
Ekspertlar Xitoy va boshqa davlatlarda yanvar oyidagi rasmiy meteorologiya axborotlarni tahlil qilib chiqishdi. Tadqiqot chog‘ida aniqlanishicha, kasallanish ko‘rsatkichi Selsiy bo‘yicha +8,72 daraja haroratda o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga yetgan, keyin esa pasaygan.

Iliq va nam ob-havo koronavirusni zaiflashtirishiga qaramay, olimlar epidemiya yozda o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketishiga umid qilmaslikka chaqirmoqda.
Ustiga-ustak, amerikalik olimlar COVID-19 koronavirus infeksiyasining o‘rtacha inkubatsion davri 5,1 kunni tashkil etishini aniqlashdi. Biroq taxminan 1% holatlarda kasallik alomatlari 14 kungacha namoyon bo‘ladi – shu bois karantin shuncha vaqt davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nihoyat, koronavirusning «nozik joyi» aniqlandi