
Foto: Lusa News Agency
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 126 631 ta koronavirusga chalinish holati qayd etilgan, 4638 kishi vafot etgan. 11 mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni pandemiya deb e’lon qildi.
Chernogoriya Yevropadagi koronavirusga chalinish holati umuman qayd etilmagan yagona davlat bo‘lib turibdi. Bu haqda mamlakat jamoat sog‘lig‘ini saqlash instituti epidemiologi Igor Galich ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, epidemiya boshlanganidan buyon mamlakatda 2000 dan ortiq kishi tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan. Ayni vaqtda 392 kishi shifokorlar kuzatuvi ostida qolmoqda.
"Koronavirus tashxisiga ikki-uch soat vaqt ketadi, shuning uchun natijalar juda tez aniq bo‘ladi", - deb qo‘shib qo‘ydi Galich.
U fuqarolarni vahima va yolg‘on ma’lumotlar tarqatmaslikka chaqirdi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 126 631 ta koronavirusga chalinish holati qayd etilgan, 4638 kishi vafot etgan. 11 mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni pandemiya deb e’lon qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar