Qozog‘istonda qo‘l berib ko‘rishish va o‘tkir respirator virusli infeksiya belgilari bor insonlar bilan muloqotdan qochish tavsiya qilindi. Bu haqda "Tengrinews"ga tayanib "Daryo" yozmoqda.
«Asosiy e’tiborni shaxsiy gigiyenaga qaratish kerak. Qo‘llarni yuvish, antiseptik vositalardan foydalanish va yo‘talganda kerakli choralarni ko‘rish lozim: xonani yaxshilab tozlash, tez-tez shamollatib turish. Uchrashuvlarda qo‘l berib so‘rashishni yig‘ishtirish, o‘tkir respirator virusli infeksiya belgilari bor insonlar bilan muloqot qilmaslik va ommaviy tadbirlarga bormaslikni tavsiya qilamiz. Bu umumiy tavsiya. Umid qilamizki, barcha qoidalarda rioya qilinsa, o‘zingiz va atrofdagilar sog‘lig‘iga zarar yetmaydi», — deydi Nur-Sulton shahri Jamoatchilik sog‘lig‘ini saqlash boshqarmasi rahbari Saule Kisikova.
Kisikovaning ta’kidlashicha, shahardagi barcha tibbiyot muassasalarida shifokorlar tarkibiga koronavirus infeksiyasini qanday qilib qayd etish, shuningdek, xavfsizlik choralarini ko‘rish bo‘yicha seminar va treninglar o‘tkazilgan.
Kisikova ushbu toifadagi shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatadigan tibbiyot xodimlar epidemiyaga qarshi rejim va sanitariya-epidemiologiya talablariga muvofiq ravishda o‘qitilganligini ma’lum qildi. Tibbiyot muassasalari to‘liq dori-darmonlar, kerakli vositalar va individual himoya vosiyalari bilan ta’minlangan.
Shuningdek, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari Nur-Sultondagi shifoxonalarda koronavirus bilan kasallangan to‘rt bemor davolanayotgani to‘g‘risidagi mish-mishlarni rad etgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi