08:23 / 15.03.2020
2 447

Messi koronavirus tufayli insonlardan mas’uliyatliroq bo‘lishni so‘radi

Messi koronavirus tufayli insonlardan mas’uliyatliroq bo‘lishni so‘radi
Foto: Getty Images
«Barselona» sardori Lionel Messi muxlislarga koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat borasida murojaat qildi.
«Barcha uchun og‘ir kunlar keldi. Biz nima bo‘layotganidan xavotirdamiz va azob chekayotganlarga yordam berishni xohlaymiz. Kasalxona va sog‘lomlashtirish markazlarida ushbu virusga qarshi kurashayotgan insonlarning barchasiga jasorat tilagan bo‘lardim.

Inson salomatligi har narsadan ustun bo‘lishi lozim. Hammamiz sog‘liqni saqlash idoralarining ko‘rsatmalariga amal qilishimiz kerak. Faqat shu yo‘l bilan muammoni bartaraf eta olamiz.

Vaziyatga mas’uliyatliroq yondashishingizni va uyda qolib, yaqinlaringiz bilan vaqt o‘tkazishingizni so‘rayman. Umid qilamanki, ushbu vaziyatni imkon qadar tezroq yengib chiqamiz
», – deya yozib qoldirgan Messi o‘zining Instagram sahifasida.

Ma’lumot uchun, hozirda COVID-19 kornavirusi tufayli Yevropaning aksariyat chempionatlari to‘xtatib qo‘yilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Messi koronavirus tufayli insonlardan mas’uliyatliroq bo‘lishni so‘radi