19:30 / 15.03.2020
2 774

Ronaldu o‘ziga qarashli mehmonxonalarni bepul kasalxonalarga aylantirmoqchi

Ronaldu o‘ziga qarashli mehmonxonalarni bepul kasalxonalarga aylantirmoqchi
Foto: Global Look Press
«Yuventus» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z vataniga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda yordam bermoqchi, deb yozmoqda Marca nashriga asoslanib Kun.uz.

Nashr manbasining ma’lumot berishicha, futbolchi o‘ziga qarashli mehmonxonalarni koronavirusga chalinganlar uchun bepul kasalxonaga aylantirishni rejalashtirmoqda. U bu kasalxonalarda ishlaydigan xodimlar uchun o‘z yonidan maosh to‘lamoqchi.

Portugaliyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 41ta holat qayd etilgan.
Ronaldu hozirda Portugaliyada qolishni rejalashtirgan, chunki uning «Yuventus»dagi jamoadoshi Daniyel Ruganida koronavirus aniqlangan.

Futbol bo‘yicha Italiya chempionati koronavirus tarqalishi sababli noma’lum muddatga qoldirilgan.
15 mart maholatiga ko‘ra, butun dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 150 ming kishidan oshgan. Olti mingga yaqin kishi vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ronaldu o‘ziga qarashli mehmonxonalarni bepul kasalxonalarga aylantirmoqchi