
Foto: Reuters
Donald Tramp koronavirusga qarshi vaksina yaratish ustida ishlayotgan Germaniyaning CureVac firmasini AQSHga yo‘naltirish uchun yirik grantlardan foydalanishga harakat qilmoqda, deb yozadi Der Spiegel nashri.
Qayd etilishicha, Germaniya, o‘z navbatida, kompaniyani o‘z moliyaviy takliflari bilan saqlab qolishga harakat qilyapti.
Der Spiegel esa Germaniya va AQSH Germaniyaning Tubingen shahrida koronavirus ziddi zahari ustida ish olib borayotgan CureVac kompaniyasi uchun raqobatlashmoqda, deb yozmoqda. Germaniya sog‘liqni saqlash vazirligi AQSH hukumati CureVacga qiziqish bildirayotganini tasdiqladi.
Ilgari olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Amerika Prezidenti Donand Tramp nemis olimlarini AQSHga jalb qilish uchun katta grantlardan foydalanishga harakat qilgan.
O‘z navbatida, Germaniya o‘z moliyaviy takliflari bilan firmani mamlakatda saqlab qolishga harakat qilmoqda, deb yozadi Der Spiegel. Qayd yetilishicha, CureVac Germaniyaning Paul Erlix davlat instituti bilan hamkorlikda vaksina yaratish ustida ish olib bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar