09:09 / 17.03.2020
3 264

Rossiyada 1 dollar 97 rublgacha qimmatlashishi mumkin

Rossiyada 1 dollar 97 rublgacha qimmatlashishi mumkin
Foto: Bloomberg
COVID-19 koronavirusi pandemiyasi tufayli AQSH fond bozoridagi kotirovkalar qulashda davom etaversa, 2007—2008 yillardagi butunjahon moliyaviy iqtisodiy inqirozida kuzatilganidek, ko‘plab mamlakatlarda milliy valyuta qadrsizlanishi mumkin. Bu haqda Bloomberg nashri o‘z tahlillariga asoslanib xabar tarqatgan.

Rossiya rublining qadrsizlanishi 30 foizgacha bo‘lishi mumkin, ya’ni 1 dollar uchun 97 rubl. 19 fevralda dollar rublga nisbatan 18 foizga mustahkamlangandi.

Tahlilchilar mamlakatlarning valyuta joriy hisob defitsitining likvidlashmagan moliyaviy bozorga nisbati dollar mustahkamlanishi oldida ojiz qolishi mumkinligini aytmoqda. Ushbu davlatlar sirasiga Lotin Amerikasi mamlakatlari, shuningdek, Janubiy Afrika, Indoneziya, Chili, Turkiya va Hindiston kiradi.

«Garchi milliy valyutalarning ayrimlarida keskin pastlash jarayoni boshlangan bo‘lsa ham, ushbu yo‘qotishlar yana ham kattaroq bo‘lishi mumkinligi yuzasidan taxminlar mavjud», — deyiladi agentlik xabarida.

16 mart holatiga ko‘ra, Rossiya bozorida dollar narxi 2 rublga qimmatlab, 75 rublga yetgan, birjada garchi AQSH dollari dunyoda biroz qadrsizlanganiga qaramay 1 dollar 74,9 rublga teng. 1 yevro qariyb 84 rublga (83,7 rubl) baholanmoqda.

O‘zbekistonda ham dollar narxi to‘rt hafta davom etgan pastlashlardan keyin yana ko‘tarilgan, qariyb 20 so‘mga qimmatlashib, 1 AQSH dollari 9 520,34 so‘mni, 1 yevro esa 10 572,34 so‘mni tashkil etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada 1 dollar 97 rublgacha qimmatlashishi mumkin