Foto: Biznesviktor
Moskva birjasida dollar kursi 80 rubllik ko‘rsatkichni qayd etdi. Ammo keyin 79,9 rublga qaytdi. Yevro 87 rubl atrofida sotilmoqda.
Rubl koronavirus pandemiyasi va neft narxlarining pasayishi natijasida arzonlamoqda. Hozirda dollar va yevro kurslari 2016 yilgi ko‘rsatkichlarni qayd etmoqda. Neftning bir barreli narxi 27 dollardan tushib ketdi.
Rossiyaning yirik kompaniyalari aksiyalari ham arzonlashmoqda: ayniqsa "Aeroflot" aksiyalari narxi keskin tushib ketdi (11 foizdan ortiqroq).
Shuningdek, "Lukoyl", "Rosneft" va "Surgutneftegaz" aksiyalari narxi ham arzonlashdi.
Shu bilan birga, "Lenta" va "Magnit" kabi oziq-ovqat tarmoqlarining aksiyalari qimmatlashdi. Bunga vahimada qolgan rossiyaliklarning do‘konlar peshtaxtalarini bo‘shatishlari sabab bo‘ldi.
Nordea ekspertlarining qayd etishicha, neft narxi 20-30 dollar atrofida bo‘lganida dollar kursi 75-82, yevro kursi esa 83-90 rubl atrofida bo‘ladi.
"BKS Broker" eksperti Albert Koroyevning fikricha, Rossiya valyutasi va aksiyalarining qulashiga neftning arzonligi emas, balki koronavirus bilan bog‘liq sarosima sabab bo‘lmoqda.
Hukumat nima demoqda?
Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Andrey Belousov Rossiya valyuta bozori yetarlicha muvozanatlashgani, rubl mustahkamligini saqlab turganini aytdi.
Ammo moliya vaziri Anton Siluanov unchalik ham nekbin fikr bildirmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat 2020 yilgi makroiqtisodiy prognozdan og‘ib ketmoqda: bu yil budjetda defitsit bo‘ladi, milliy farovonlik fondi mablag‘larini ishga solishga to‘g‘ri keladi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiyotning qator sektorlari, jumladan, aviatashuvlar, turizm va kichik biznesda qisqarishlar yuz beradi.
"Qimmatbaho iste’mol buyumlari, xususan, avtomobillar sotib olish hajmi qisqaradi. Shu bois, afsuski, vaziyat rivojlanishi yaxshi emas", - dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi