Foto: Reuters
AQSH prezidenti Donald Tramp koronavirus epidemiyasi xavfi sababli uning prezidentligini harbiy davrga to‘g‘ri kelgan, deb hisoblash mumkinligini aytdi.
“Ma’lum jihatdan men o‘zimni harbiy davr prezidenti sifatida ko‘rmoqdaman”, deb aytgan Tramp brifingda.
AQSH prezidentining bu so‘zlari u 1950-1953 yillar davom etgan Koreya urushi davridagi mudofaa sanoati haqidagi qonun amal qilishini e’lon qilgandan keyin yangragan. Bu qonundan maqsad himoya niqoblari va maxsus kiyimlar ishlab chiqarilishini jadallashtirish hisoblanadi.
“Men kurashayotganimizni nazarda tutmoqdaman. Men bizda juda keskin vaziyat yuzaga kelganini nazarda tutmoqdaman”, deb tushuntirgan Tramp o‘z so‘zlarini.
U AQSH fuqarolarining koronavirusga qarshi jonbozlik bilan kurashayotganlariga tan bergan.
“Amerika xalqi ko‘p jihatdan ajoyibdir”, deb aytgan Tramp.
Ayni vaqtda AQSHda koronavirusga chalinganlar soni 8304 nafarni, undan vafot etganlar soni 133 nafarni tashkil qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi