Foto: Reuters
AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo jurnalistlarga koronavirus epidemiyasi ortida Eronga insonparvarlik yordami ko‘rsatish sanksiyalar ob’ekti hisoblanmasligini, AQSHning o‘zi bunday yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qildi.
“Butun dunyo shuni bilsinki, Eronga insonparvarlik yordami ko‘rsatish mumkin. U sanksiyalar ostida emas. Eron uchun dori-darmonga, insonparvarlik yordamiga sanksiyalar yo‘q”, deb aytgan Pompeo.
Davlat kotibining aytishicha, Vashington bunday yordam ko‘rsatilishi va u bilan bog‘liq to‘lov tranzaksiyalarini amalga oshirish uchun barcha ishni qilmoqda. Uning ta’kidlashicha, AQSHning o‘zi ham Eronga shunday yordam taklif qilgan.
“Ularda dahshatli muammo va biz bu tibbiy insonparvarlik yordami Eron xalqiga yetib borishi tarafdorimiz”, deb qo‘shimcha qilgan Pompeo.
Eronda ayni vaqtda koronavirusga chalinganlar soni 19,6 mingdan oshib ketdi, ulardan 1,4 ming nafari vafot etgan, 6,7 mingga yaqini sog‘ayib ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi