date
views 3 228

«Real» klubining sobiq prezidenti koronavirusdan vafot etdi

«Real» klubining sobiq prezidenti koronavirusdan vafot etdi
Foto: Twitter
Madridning «Real» klubi sobiq prezidenti Lorenso Sans 76 yoshida koronavirus infeksiyasidan vafot etdi, deya xabar qilmoqda Marca.
17 mart kuni Sans tana haroratining ko‘tarilishi tufayli shifoxonaga yotqizilgandi. Koronavirusga o‘tkazilgan tahlil ijobiy natijani ko‘rsatgan.

Lorenso 1995—2000 yillar mobaynida «Real» prezidenti bo‘lgan. Undan so‘ng ushbu lavozimni madridliklarning hozirgi rahbari Florentino Peres egallagandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Real» klubining sobiq prezidenti koronavirusdan vafot etdi