
Foto: REUTERS/Jonathan Ernst
AQSH prezidenti Donald Tramp Xitoyni koronavirus xavfidan o‘z vaqtida ogohlantirmaganlikda ayblab, uni yashirin davlat deb atadi.
Trampning ta’kidlashicha, Xitoy hukumati AQSHni koronavirus oqibatlaridan 2-3 oy oldinroq ogohlantirishi kerak edi. U bunday fikrni Oq uyda jurnalistlar bilan savol-javob vaqtida bildirdi.
“Men bu davlatni, uning yetakchisini hurmat qilaman, u mening do‘stim. Ular bizni bundan ertaroq ogohlantirishlari kerak edi. Biz u [koronavirus] tarqala boshlamaguncha hech narsa bilmaganmiz”, deb aytgan AQSH prezidenti.
“Bizda bunga tayyor turishga vaqt bo‘lmagan. Xitoy, afsuski, juda yashirin davlat”, deb arz qilgan Tramp.
Uning ta’kidlashicha, Pekin tomonidan “xavf haqida ertaroq ogohlantirish” amerikalik shifokorlarga infeksiyaning mamlakat bo‘ylab tarqalishiga tayyorgarlik ko‘rishga imkon bergan bo‘lardi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH razvedka xizmati hukumatni yanvar va fevraldayoq virus avj olishi pandemiyaga aylanishi mumkinligi va mamlakatga xavf solayotganidan ogohlantirgan. Ta’kidlanishicha, Tramp Markaziy razvedka boshqarmasining Xitoy va dunyoda virusning tarqalishi haqidagi hisobotlariga ishonqiramay, Oq uy vakillari bilan birgalikda rasmiy bayonotlarda “xavfni kamaytirib ko‘rsatishni” afzal bilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar