
Foto: Reuters
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni 670 nafarga yetgan.
Turkiya hukumati koronavirus yuqtirish xavfi sababli yoshi 65dan oshgan shaxslarning ko‘chaga chiqishini taqiqladi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
"Yakshanba soat 00.00dan boshlab yoshi 65dan oshgan hamda surunkali kasalliklari bo‘lgan shaxslarning ko‘chaga chiqishi va parklarda, bog‘larda hamda shunga o‘xshash ochiq maydonlarda sayr qilish taqiqlanadi", - deyiladi xabarda.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni 670 nafarga yetgan.
11 mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 koronavirusini pandemiya deb e’lon qildi. Butun dunyo bo‘yicha 234 mingdan ortiq kishi bu kasallikka chalindi, 10 mingga yaqin kishi vafot etdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar