Foto: Getty Images
Ob-havo sharoitlari koronavirusning tarqalishiga ta’sir qilmaydi, deb yozadi Italiyaning Il Giornale nashri.
Virusolog Roberto Burioni havoning isib ketishi natijasida pandemiya pasayadi degan taxminlarga qo‘shilmadi. Mutaxassis fikriga ko‘ra, virusga qarshi kurashda davlatlar tomonidan qabul qilingan cheklov choralari samarali xolos.
Uning ta’kidlashicha, iliq kunlar kelishi bilan barcha respirator kasalliklar haqiqatdan ham kamroq yuqadi, havodagi so‘lak tomchilari esa tezroq bug‘lanib ketadi. Ammo bu narsalarning hozirgi vaziyatga aloqasi yo‘q.
Qayd qilish joizki, Bikokka Milan universiteti, Rim universiteti III va Keti-Peskara universiteti olimlari ham shunday xulosaga kelishgan. Ular Uxan, Lombardiya, Venetoda COVID-19 bilan xastalangan odamlar miqdorini taqqoslab ko‘rishgan va ularning sonini bu hududlardagi ob-havo sharoitiga bog‘liqligini aniqlashmagan.
Italiyalik olimlar infeksiyaga qarshi kurashda iliq ob-havo sharoitining foyda berishi haqidagi taxminni atipik pnevmoniya bilan taqqoslash natijasida yuzaga kelgan deb hisoblashmoqda. 2002 yil oxirida boshlangan bu virusning epidemiyasi 2003 yil o‘rtalariga kelib so‘nib qolgan edi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, o‘sha epidemiyani hozirgisi bilan taqqoslash o‘rinli emas.
Hozirgi vaqtda koronavirus 170ta mamlakatda aniqlandi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, xastalanganlar soni 350 mingdan oshdi. Shulardan 16 mingdan ortig‘i vafot etdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?