06:49 / 27.03.2020
4 229

Moskva oblasti osmonida uchuvchilar uyda qolishga chorlovchi yozuvlar hosil qilishdi (video)

Moskva oblasti osmonida uchuvchilar uyda qolishga chorlovchi yozuvlar hosil qilishdi (video)
Moskva viloyatida uchuvchilar osmonda koronavirus pandemiyasi vaqtida uyda qolishga chorlovchi yozuvlarni hosil qilishdi. Ular osmonda ikki tilda yozuv qoldirishgan.
Ushbu antiqa aksiyani “Perviy polyot” pilotaj guruhi uchuvchilari amalga oshirishgan. Ular osmonda samolyotlar yordamida rus tilida “Beregi sebya - Ostavaysya doma” (O‘zingni saqla - Uyda qol) hamda ingliz tilida “Resist this - stay home!” (Bunga qarshilik ko‘rsat – uyda qol) deb yozishgan.

Uchuvchilar aksiyani karantinga rioya qilish va uyni zaruratsiz tark etmaslik kerakligiga yana bir bor e’tibor qaratish maqsadida amalga oshirishgan.

Rossiyada keyingi hafta dam olish haftasi deb e’lon qilindi. Bu kunlar odamlardan uyda qolish, mehmonga bormaslik, sayrlardan voz kechish so‘ralgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskva oblasti osmonida uchuvchilar uyda qolishga chorlovchi yozuvlar hosil qilishdi (video)