Foto: ABC
Ispaniya sog‘liqni saqlash vazirligi Xitoydagi ishlab chiqaruvchiga koronavirusni aniqlovchi ekspress-testlarning yirik partiyasini testlar sifatsiz bo‘lgani sababli qaytarib berishini ma’lum qildi.
Ispaniya sog‘liqni saqlash vaziri Salvador Illaning ma’lum qilishicha, testlar Xitoyning Shengzhen Bioeasy Biotechnology kompaniyasiga qaytarilgan. Bu ispaniyalik mikrobiologlar partiyadagi 9 ming test 30 foizlik ta’sirchanlikka egaligini ma’lum qilishgandan keyin yuz bergan. Vaholanki, mutaxassislarning ta’kidlashicha, testlar kamida 80 foizlik ta’sirchanlikka ega bo‘lishi lozim.
640 ming dona test Ispaniyaga 23 mart kuni yetkazib berilgan. O‘shanda testni qo‘llashni boshlagan Madriddagi 4 ta shifoxonada test koronavirusga chalingani tasdiqlangan bemorlarda virusning yo‘qligini ko‘rsatgani aniqlangan.
Ispaniya sog‘liqni saqlash vazirligi testlarni bevosita Xitoydan emas, balki ispaniyalik distribyutor orqali sotib olgan. O‘z navbatida Xitoyning Ispaniyadagi elchixonasida Shengzhen Bioeasy Biotechnology o‘z mahsulotini sotishga litsenziyaga ega emasligi va Xitoy Ispaniyaga taqdim qilgan “malakali yetkazib beruvchilar ro‘yxatiga” kirmasligi ma’lum qilingan.
Xitoy kompaniyasida testlar uchun ba’zi to‘plamlar almashtirib berilishi aytilgan. Uning ta’kidlashicha, noto‘g‘ri natijalar namunalar muvaffaqiyatsiz olingani yoki to‘plamlar noto‘g‘ri qo‘llangani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Kompaniya test uchun to‘plamlardan qanday foydalanish kerakligi borasida mijozlar bilan yetarlicha ish olib bormaganini tan olgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?