AQSH va Yevropadagi neftni qayta ishlash zavodlari, narxlar pasayganiga qaramay, Saudiya Arabistonidan qo‘shimcha hajmdagi neft sotib olishni rad etishmoqda, deb xabar beradi Sputnik RIA Novostiga tayanib.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni shu sababdan yangi xaridorlarni topishda qiynalmoqda. Buning sababi, mijozlar omborxonalarning yetishmasligi muammosiga duch kelmoqdalar, bu esa ularga yoqilg‘ining yangi hajmlarini sotib olishini qiyinlashtirmoqda.
Birja sotuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, Hindistonda ham neftga talab pasaygan, bu ham koronavirus atrofidagi vaziyat bilan bog‘liq. Takidlanganidek, shu paytning o‘zida, Rossiya o‘z mahsulotini neftga bo‘lgan talab ortib borayotgan Xitoyga yo‘naltirishga muvaffaq bo‘ldi.
Neft bozoridagi inqiroz OPЕK+ bitimining buzilishi va Saudiya Arabistonining qazib olishni kuniga 13 million barrelgacha oshirish haqidagi va’dasidan keyin yuz berdi. Yil boshidan beri neft narxi ikki baravar arzonladi.
The Wall Street Journal ta’kidlashicha, narxlarni pasaytirish bilan, Ar-Riyod bozorning Rossiya ulushini, ayniqsa Yevropaning ba’zi qismlaridagi ulushini tortib olishga umid qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi