07:43 / 29.03.2020
2 317

Bloger yangi iPad Pro’ni qo‘llari bilan buklab sindirdi (video)

Bloger yangi iPad Pro’ni qo‘llari bilan buklab sindirdi (video)
Kadr: YouTube
Yangi iPad Pro xuddi o‘zidan oldingi modelning o‘xshash protsessorga ega bo‘libgina qolmay, planshet juda yupqa korpus bilan jihozlangani ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi 3Dnews.

Apple oldingi o‘lchamdagi korpusga qayta ishlangan kamerani joylashtirishga erishgan, biroq korpusning sifatiga e’tibor qaratmagan ko‘rinadi.

Yangi dizayndagi dastlabki iPad Pro taqdim etilganidan so‘ng Apple ushbu qurilma oliy darajadagi sifat talablariga javob berishini ma’lum qilgan, biroq amalda esa yangi planshetni xuddi varaq kabi ikki buklab tashlash mumkin. O‘z mahsulotlarini premium sinfga oid deya taqdim etuvchi kompaniya 1,5 yil ichida ushbu nuqsonni bartaraf etmagan.

YouTube’dagi mashhur EverthingApplePro kanalida yangi iPad Pro’ni sindirish orqali bundan oldingi modeldan hech qanday farq qilmasligi tasvirlangan video paydo bo‘ldi. Rolikda qurilmaning qattiq korpusi, asosan, himoya oynasidan tashkil topganini ko‘rsa bo‘ladi. Korpusning eng zaif joyi — USB Type-C porti, mikrofon teshigi va Apple Pencil simsiz quvvatlantirgich joyi ekanligini ko‘rish mumkin.

Apple mahsuloti korpusining dastlabki muammolari 2014 yilda iPhone 6 va iPhone 6 Plus foydalanuvchilari tomonidan aniqlangan edi. Kompaniya muammoni tan olgan va bir yildan keyin taqdim etilgan iPhone 6s’da ushbu kamchiliklar kuzatilmagan.

Apple yangilangan iPod Pro korpusini nega mustahkam qilib ishlamagani noma’lumligicha qolmoqda.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bloger yangi iPad Pro’ni qo‘llari bilan buklab sindirdi (video)