17:50 / 29.03.2020
3 285

UFC chempioni Jon Jons qanday hibsga olindi? (video)

UFC chempioni Jon Jons qanday hibsga olindi? (video)
Foto: Twitter
UFC’ning yarim og‘ir vazn toifasidagi chempioni Jon Jonsning (26-1-0, 10 KO) Albukerke shahri politsiyasi tomonidan hibsga olinishi tasvirlangan video e’lon qilindi.
Bir necha kun avval Jons mast holatda avtomobil boshqargani uchun hibsga olingandi. Mazkur jarayon vaqtida yakkurashchi qarshilik ko‘rsatmagan.

«Aqldan ozish mumkin. Men shunchaki, uysiz odamlarga yaxshilik qildim. Ko‘chani aylanib kelmoqchi edim. So‘nggi ikki hafta ichida birinchi marta mashina haydayapman. Boshpanasiz yigitlarni ko‘rdim, ularga yaxshi muomala qildim, ularga odamlardek munosabatda bo‘ldim», — deydi Jons.

Avvalroq Albukerke shahrida (AQSH, Nyu-Meksiko shtati) otishma yuz bergani haqida xabar qilingandi. Jons esa to‘pponchadan o‘q uzganini rad etgan.

Jons 8 aprel kuni sud oldida javob beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » UFC chempioni Jon Jons qanday hibsga olindi? (video)