20:43 / 30.03.2020
7 981

Koronavirusning g‘ayrioddiy erta alomatlaridan biri aniqlandi

Koronavirusning g‘ayrioddiy erta alomatlaridan biri aniqlandi
Foto: IZVЕSTIYA
Barselonaning oftalmologiya markazi ICR xabariga ko‘ra, ba’zi holatlarda koronavirus erta bosqichlarda kon’yunktivit (ko‘zning kuchli qizarishi) keltirib chiqaradi.

Koronavirus havo-tomchi yo‘li orqali – infeksiya yuqtirib olgan odamning aksirishi yoki yo‘talishi natijasida yuzaga keladigan kichik tomchi zarralari orqali tarqaladi. Shuningdek, u virus yuqtirib olgan ob’ekt bilan kontakt qilingandan so‘ng, og‘iz, burun yoki ko‘zni ushlaganda ham tarqalishi mumkin.

ICR Tibbiy direktori Ignasi Yurgens ma’lumotiga ko‘ra, ba’zi tadqiqotlar virusning kon’yuktivit keltirib chiqarishini ham ko‘rsatmoqda.

Shu tufayli, kon’yuktivit bo‘yicha oftalmologga murojaat qilgan, respirator kasalligi alomatlariga ega bo‘lgan, shuningdek, xorijda, ayniqsa, infeksiya tarqalgan hududlarda bo‘lgan odamlarning koronavirus yuqtirib olganini gumon qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha, nafas olishning qiyinlashishi, haroratning ko‘tarilishi, yo‘tal, ta’m va hid sezgilarining yo‘qolishi - COVID-19 xastaligini keltirib chiqaruvchi koronavirusni yuqtirib olganlikning alomatlari sifatida ta’kidlangan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusning g‘ayrioddiy erta alomatlaridan biri aniqlandi