06:00 / 01.04.2020
2 407

Amerikada teleboshlovchi koronavirus haqida gapirayotganida yig‘lab yubordi (video)

Amerikada teleboshlovchi koronavirus haqida gapirayotganida yig‘lab yubordi (video)
Foto: YouTube
Amerikalik teleboshlovchi Xoda Kotb yangiliklar dasturida koronavirus haqida gapirayotganida yig‘lab yubordi, deb yozadi CNN.
Boshlovchini amerikalik futbolchi Dryu Bris bilan suhbat ta’sirlantirgan.

Qayd etilishicha, Dryu Bris koronavirusga qarshi kurashish va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun Luiziana shtatiga besh million dollar ajratgan.

Kotb sportchining saxiyligi uchun minnatdorlik bildirib, uning bu ishi boshqalarga ham o‘rnak bo‘lishi mumkinligini aytgan. «Dryu, biz seni yaxshi ko‘ramiz!», degan boshlovchi futbolchiga va ko‘zyoshlarini tiyib turolmagan.

Kotb yig‘lab yuborgani uchun tomoshabinlardan kechirim so‘ragan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikada teleboshlovchi koronavirus haqida gapirayotganida yig‘lab yubordi (video)