3 839
Keniyada karantin qoidalarini buzganlar shafqatsiz jazolanmoqda: 13 yoshli bolakay otib tashlandi
Foto: «Livekuban.ru»
Keniya politsiyasi balkonda o‘ynayotgan va shu bilan koronavirus tufayli joriy etilgan komendantlik soatini buzgan 13 yoshli bolakayni otib qo‘ydi. «Daily Mail» gazetasining yozishicha, komendantlik soati boshlangandan bor-yo‘g‘i 20 daqiqa o‘tar-o‘tmas bolaning qorniga o‘q kelib teggan.
Yasina Moyo ismli bolakay shu zahoti shifoxonaga yetkazilgan, biroq hayotini saqlab qolisholmadi. Keniya prokuraturasi «daydi o‘q» tufayli yuz bergan hodisa yuzasidan tergov o‘tkazishga ko‘rsatma bergan.
Eslatib o‘tamiz, hozircha Keniyada koronavirusni yuqtirganlar taxminan 50 kishini tashkil etadi. Shunga qaramay, hukumat komendantlik soatini joriy etgan: u kechki soat yettida boshlanib, ertalab oltida tugaydi. Cheklov joriy etilgandan beri mamlakat politsiyachilari qoidalarni buzgan kishilarga nisbatan o‘ta shafqatsiz munosabatda bo‘lganlikda bir necha bor ayblangan. Misol uchun, bir kishini qamchi bilan savalashgan bo‘lsa, yana bir kishini o‘lguncha do‘pposlashgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi